Eagle Rock - Dam olish uylari.
1850 m balandlikdagi ajoyib dam olish maskani! Ðóñ | Eng | O'zb
Dam olish maskani
Qoladigan joylar
Flora va fauna
Safarlar
400 yoshli daraxt
Chashma suv
Mountain Bike 2012
Singapurdan Raffles
institutini qutlaydi
   
Eagle Rock on Facebook
Eagle Rock on Facebook
Eagle Rock on Facebook
Eagle Rock on Facebook
 
 
Foto albom Xaritalar Bog'lanish
 
Mountain Bike 2012

AX GP of MOUTÀIN BIKE - 2012

AX GP of Mountain Bike     Mountain Bike – tog’li velosiped, butun dunyo yoshlari orasida juda ommaviy bo’lgan velosport turi! Sportning olimpik turi, unda bizning sportchilarimiz xam munosib o’rinlar egallashi mumkin. Lekin buning uchun vaqt kerak: bizning vatandoshlarimizdan biri qiya tog’lar va o’tib bo’lmaydigan qoyali tog’ yo’llarini ikki g’ildirakda zabt qiluvchilarning eng kuchli uchligiga kirishi uchun yillar o’tishi kerak. Shunday bo’lsada, velosipedda ekstremal uchuvchi poytaõtlik ishqibozlar uchun birinchi chempion unvoniga va “AX GROUP” ning katta mukofotiga sazovor bo’lish uchun kurashda o’zini namoyon qilish imkoniyati paydo bo’ldi.

     AX GP of MOUNTAIN BIKE – 2012 O’zbekistonda ilk bor va Tog’li velosiped Õalqaro federaciyasining qoidalariga maksimal yaqin bo’lgan tarzda o’tkazilgan musobaqadir. Tadbir “Cross country” tizimi (o’nqir-cho’nqir joylar bo’ylab klassik poyga) bo’yicha o’tkazilgan uch bosqichdan iborat bo’lgan. Uchta bosqichda to’plangan xisob yig’indisi bo’yicha musobaqa g’oliblari aniqlandi. Ìusobaqa tashkilotchisi – “AX PARTNERSÌChJ (muqaddam “ASIALINX” sifatida mashxur bo’lgan). Ìusobaqa baland tog’li “Eagle Rock” dam olish maskani xududidagi (Bobotog’, G’arbiy Tyan-Shanning Chotqol tog’ tizmasi) 1 km uzunlikdagi iõtisoslashgan yo’lda o’tkazilgan. Yo’l – murakkab joylar, tramplinlar va suv to’siqlariga boy. Ìutaõassislar fikriga ko’ra, ushbu yo’l vatandosh mauntinbaykerlarning xozirgi kundagi tayyorgarlik darajasini xisobga olganda, juda yuqori murakkablik darajasiga ega. Tevarak-atrofdagi tabiatning juda chiroyli manzarasi esa ushbu sport tomoshasiga o’ziga õos tarovat bag’ishladi.

AX GP of Mountain Bike     Jami musobaqalarda, uchta yosh toifasiga bo’lingan o’ttizdan ortiq katnashchi ishtirok etdi. Gran-prida ishtirok etish uchun yosh chegarasi – 12 yosh. Birinchisi – yigitlar toifasi besh kilometrli masofada musobaqalashdi. Bu – yo’lni 5 marta aylanib o’tishga tengdir. Kattalar esa 10 ta aylanib o’tishlar chegarasida kuch sinashdi. Bu olimpik me’yor bo’lmasa xam, lekin boshlanishi uchun bu masofani xamma xam enga olmaydi.

     Ìusobaqalar doirasida yana bitta – ayollar toifasi bor: qizlar, yigitlar singari, 5 kmlik masofada musobaqalashdi. Ushbu mavsumda uch-karrali g’olib Drobisheva Îl’ga bo’ldi. Chempionatda yigitlar orasida Islom Usmonov g’alaba qozondi, ikkinchi bosqichda eng yaõshi natijani Izmaylov Andrey ko’rsatdi, uchinchi bosqichda esa Usmonov kuchli bo’ldi. Erkaklar toifasida ikkinchi bosqichda Abramov Nikita g’olib bo’ldi, va chempionatda ikkinchi bor Vladislav Gal’yanov g’alaba qozondi.

     Eslatib o’tamiz, chempionatning mukofot fondi 10 000 000 so’mni tashkil qildi.

 

AX GP of MOUNTAIN BIKE – 2012 fotogalereyasi


Jami tashrif buyuruvchilar: Ñ÷åò÷èê ïîñåùåíèé
© “Eagle Rock” dam olish maskani. O’zbekiston, Bobotog’ tog’i, G’arbiy Tyan-Shan.
Yovvoyi tabiat qo’ynida dam olish, sharsharalar, antiqa joylarga safarlar, sayrlar, barbekyu, basseyn, bil’yard, voleybol, bolalar o’yin maydonchasi, milliy va evropa taomlari.
Made in "Genesis"Ñòóäèÿ âåá-äèçàéíà Genesis. Ðàçðàáîòêà âåá-ñàéòîâ.